21:24 / 18.05.2016
9592

Toshkentda Orzu supermarketi o‘rnini «Korzinka.uz» egallaydi

Toshkent shahri markazida joylashgan Orzu supermarketi yopilishga tayyorlanmoqda. Bu ma'lumot «Gazeta.uz» nashri tomonidan supermarket ma'muriyatidagi manbaga asoslangan holda xabar tarqatilgan.

13 may kuni City Center Orzu’ning feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida mahsulotlarga 50 foizgacha chegirmalar haqida e'lon qilingandi. 14 may kuni supermarket jamg‘arma karta egalariga yig‘ilgan mablag‘ni chegirmali mahsulotlarga almashtirishni taklif qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, may oyi oxirida supermarket ta'mirlash uchun yopilishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng u «Korzinka.uz» tarmog‘ining bir qismiga aylanadi.

Orzu supermarketi 2013 yilning 5 oktabr kuni City Center Orzu savdo-ko‘ngilochar majmuasi bazasida ochilgandi. Majmuadagi ovqatlanish joylari, do‘konlar va ko‘ngilochar maskanlar odatiy tartibda o‘z ishini davom ettirishi aytilgan.

Top