17:38 / 18.05.2016
26227

O‘zbekiston HHK Airbus vertolyotlari va samolyotlariga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlariga Airbus Helicopters’dan AS 332 (H225) Super Puma transport vertolyotlari va AS 350 Ecureil yengil vertolyotlari xarid qilindi. Bu haqda Strategiyalar va texnologiyalar tahlili markazi (Rossiya) shafeligidagi BMPD blogida xabar berilgan.

Unda Youtube portalida fevral oxirida e'lon qilingan O‘zbekiston QK to‘g‘risidagi videorolik ham ilova qilingan.

O‘zbekiston 2013 yilda Airbus Helicopters (o‘shanda Eurocopter edi) bilan o‘z HHK uchun harbiy foydalanishdagi umumiy qiymati 180 mln dollar atrofida bo‘lgan sakkizta AS 332 (avvalgi H225) Super Puma transport vertolyoti va sakkizta AS 350 Ecureil yengil vertolyotini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

2014 yilning yozida Airbus Helicopters AS 350 Ecureil vertolyotining 2ta noharbiy talqinini yetkazib berdi, qolgan 14 transport 2016 yilning boshiga qadar yetkazildi.

Airbus O‘zbekistonga aprel oyi so‘ngida 4 dona C295W harbiy-transport samolyotlarini yetkazib berish ishlarini ham yakuniga yetkazdi.

Top