Sport | 19:37 / 20.05.2016
8810
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi, deb xabar qilmoqda Championat.asia.
O‘yin 2 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan edi.
O‘FF terma jamoalar markazi bu kun uchun boshqa raqib qidirishni boshlab yubordi.