18:11 / 21.05.2016
5885

Vitaliy Klichko Tayson Fyuriga qarshi jang o‘tkazishda ukasiga yordam bermoqda

Professional boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko britaniyalik professional bokschi va o‘ta og‘ir vaznda jahon chempioni Tayson Fyuriga nisbatan revansh jangi oldidan birinchi bosqich mashg‘ulotlarini boshlab yubordi, deb xabar qilmoqda uning akasi, Kiyev meri Vitaliy Klichko feysbukdagi sahifasida.

«Uch haftalik yig‘inlar Kiyevda bo‘lib o‘tadi, so‘ngra odatdagidek, Avstriyaning Alp tog‘laridagi mashg‘ulotlar bazasi», — deb hikoya qilgan uzoq muddatlar mobaynida jahon chempioni bo‘lgan Vitaliy.

«Volodya yaxshi formada va jiddiy kayfiyatda. U faqat g‘alaba qozonish haqida o‘ylamoqda. Ukraina madhiyasi yangrashini xohlamoqda», — deb yozgan Kiyev meri.

Eslatib o‘tamiz, Klichko—Fyuri jangi 9 iyulga belgilangan. U Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.

Top