20:11 / 23.05.2016
6337

Olimlar ijtimoiy tarmoqlarda kim do‘stlar safiga birinchi bo‘lib qo‘shilishini aniqlashdi

Kanadaning Makgill universiteti olimlari Facebook, Twitter va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar qay tarzda do‘st tanlashlarini aniqlashga qaror qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, foydalanuvchilar o‘zlaridan ko‘ra ko‘proq do‘stga ega kishilar bilan do‘stlashishni ma'qul ko‘rishar ekan. 

Tadqiqotchilarning fikricha, internet-portallarda qandaydir iyerarxiya mavjud. Odamlar ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilariga bajonidil do‘stlik so‘rovi jo‘natishadi va shu tariqa o‘zlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashadi. Foydalanuvchilar bu holatni "do‘stlik paradoksi" deb atashdi. 

Olimlar shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlarning uzun ro‘yxati ularning real hayotda ham shuncha ko‘p ekanligidan dalolat bermasligini aniqlashdi. Statistikaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqdagi 100 nafar do‘stga kundalik hayotimizdagi 28 nafar tanishimiz to‘g‘ri keladi.

Top