23:51 / 23.05.2016
12989

O‘zbekistondan 3 mingta toshbaqaning olib chiqib ketilishi to‘xtatib qolindi

O‘zbekiston Respublikasi hayvonot va o‘simlik olamini qo‘riqlash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat inspeksiyasi nazoratchilari chegara va bojxona organlari xodimlari bilan birga joriy yilning aprelida O‘zbekistondan O‘rta Osiyo toshbaqalarining olib chiqib ketilishiga urinishning oldini olishdi.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, tezkor tadbirlar davomida 2949 ta toshbaqa musodara qilingan.

O‘zbekistonning biologik zaxiralar va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat olish jarayonlaridan o‘tish tartibi haqidagi qonunchilikka ko‘ra, noqonuniy  import yoki eksport qilishga urinishda ushlangan hayvonlar musodara qilinadi.

Barcha toshbaqalar ularni saqlash uchun mos sharoitlar yaratilgan maxsus pitomnikka topshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tavsiyalariga ko‘ra, toshbaqalardan bir qismi tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborilgan.

Top