17:25 / 24.05.2016
4251

Android-qurilmalar o‘z egalarini parolsiz tanishni boshlaydi

Google kompaniyasi 2016 yilning oxiriga kelib ishlab chiqaruvchilariga Android-ilovalarga parolsiz kirishni ta'minlaydigan Project Abacus texnologiyasini taqdim qiladi. Bu haqida Android Authority xabar berdi.

Gadjyetga kiritilgan sensorlar yordamida algoritm har bir foydalanuvchi uchun qurilma egasini aniqlovchi Trust Score ko‘rsatkichini belgilaydi. Ovoz intonatsiyalari, yuz ko‘rinishi, matnni terish tezligi, joylashuv, shuningdek, eng yaqindagi Bluetooth-uzatgichlari va Wi-Fi topish nuqtalari - bularning barchasi inobatga olinadi.

O‘yinga o‘xshagan oddiy ilovalar haqiqatga uncha yaqin bo‘lmagan ko‘rsatkichlarda ham ishga tushishi mumkin, biroq muhim servislar (masalan, bank servislari) maksimal darajadagi Trust Score ko‘rsatkichini talab qiladi. 

Project Abacus texnologiyasining ilk sinovlari 2015 yilda o‘quv muassasalarida o‘tkazildi, 2016 yilning iyunida esa yirik moliyaviy tashkilotlarda ham sinashni boshlashadi.

Top