23:00 / 24.05.2016
7362

Dunyodagi eng kuchli lazer suvni bug‘latib yuborishi videosi chop etildi

Stenford universitetidagi SLAC milliy tezlashtirish laboratoriyasida dunyodagi eng kuchli lazer LCLS ishlaydi. Olimlar bu lazer yordamida doimo turli tadqiqotlar o‘tkazishadi. Kuni-kecha, misol uchun, ular suvning mayda tomchilar va oqimini lazer nuri ostida bug‘lanishi davomida tom ma'noda raqsga tushib, portlashga majbur qildilar. Bu tajribalarning videosi bilan bo‘lishishga qaror qildik.  

Laboratoriya rahbarlaridan biri Klaudiu Stenning aytishicha, "suyuqlikning lazer ta'siri ostida harakati dinamikasini tadqiq qilish ko‘plab jarayonlarni tushunish uchun juda muhimdir". Siz videoda ko‘radigan barcha hodisalar kuchli mikroskop yordamida suratga olingan. Suratga olish kadrlar bo‘yicha, ya'ni lazer impulslari suv namunalariga tekkan lahzalar olingan. So‘ngra kadrlar videoga birlashtirilgan va qulayroq ko‘rish uchun sinchkovlik bilan qayta ishlangan. Tadqiqot natijalari Nature Physics jurnalida chop etildi.

Top