18:31 / 24.05.2016
6446

Floyd Meyuezer Konor bilan jangi qachon o‘tkazilishini ma'lum qildi

5 ta vazn toifasida jahonning sobiq chempioni Floyd Meyuezer (49–0, 26 KO) aralash qoidalar bo‘yicha yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni, irlandiyalik Konor MakGregorga (19-3) qarshi qachon jang qilishini aytib o‘tdi.

«Hozir biz Konor bilan o‘tkaziladigan jang borasida muzokaralar o‘tkazmoqdamiz. Yaqin vaqt ichida siz bu bo‘yicha aniq ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Jang yil oxirida Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Barcha bu jangni ko‘rishni istaydi. Bu MMA va boks o‘rtasidagi buyuk to‘qnashuv bo‘ladi», - deydi Meyuezer.

Bundan oldin Konnor Makgregor va Floyd Meyuezer jangi uchun milliard dollarlik shartnoma tuzilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Top