08:49 / 25.05.2016
3477

«Ayaks» yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Isroilning «Makkabi Tel-Aviv» murabbiyi sifatida ishlab kelgan Peter Bos yangi mavsumdan Niderlandiyaning «Ayaks» jamoasini boshqaradi.

Amsterdamliklar jamoasi taklifidan keyin isroilliklar jamoasi 52 yoshli mutaxassis bilan 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomani bekor qilishga rozi bo‘lgan.

Bosning 1 iyul kunidan kuchga kiradigan «Ayaks» bilan shartnomasi 2019 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Peter Bos o‘z vaqtida Niderlandiya terma jamoasida 8ta uchrashuvda maydonga tushgan. Murabbiylik faoliyatini 1999 yilda boshlagan sobiq futbolchi «Xerakles» va «Vitess» jamoalarida ishlagan. U shuningdek, «Feyyenoord» jamoasining texnik direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 hafta oldin Frank de Bur «Ayaks» bosh murabbiylidan iste'foga chiqdi. U ketma-ket 2 mavsumda jamoa bilan sovrinsiz qoldi.

Top