18:05 / 25.05.2016
4156

Amerikalik xaker taniqli kishilarning shaxsiy ma'lumotlarini o‘g‘irlaganligini tan oldi

Amerikaning Pensilvaniya shtati fuqarosi Rayan Kollins, sud majlisida, 100dan ortiq taniqli kishining shaxsiy elektron ma'lumotlarini o‘g‘irlaganini tan oldi. 

Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, 2012 yil noyabridan 2014 yil sentabrigacha bo‘lgan muddat davomida, g‘arazgo‘y shaxs o‘zini Google va Apple xodimi sifatida tanishtirib, elektron maktublar yuborgan hamda shou-biznes yulduzlari, asosan, ayollarning shaxsiy ma'lumotlari, jumladan, oshkora surat va videolariga kirish imkonini qo‘lga kiritgan. 

Xabar qilinishicha, so‘nggi bir necha yillar mobaynida, xakerlar taniqli kishilarning shaxsiy suratlarini o‘g‘irlagan va ommaga oshkor qilgan edi. Xususan, aktrisalar Jyennifer Lourens, Anna Kendrik, Kelli Garner, Emma Stoun, qo‘shiqchilar Rianna va Avril Lavinlar kiberfiribgarlarning nishoni bo‘lgandi.

Top