14:24 / 25.05.2016
5225

Farg‘onada sigaret oqibatida chiqqan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

O‘zR IIV YoXBBning xabar berishicha, o‘tgan hafta mobaynida respublika hududida 142 ta yong‘in qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 3 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan. 579 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 670 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi fuqaro T.Olimovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 150 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. 

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchi U.Rahmonovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 120 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda hovlisida turgan «Damas» rusumli avtomobili yonib zararlangan.

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida yashagan fuqaro F.Alimov uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 1 kv. metr maydonda ko‘rpa-to‘shagi yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi tutundan dimiqqan holda topilgan.

Top