21:27 / 26.05.2016
4997

E Ink yangi avloddagi elektron displeyini taqdim etdi

San-Frantsiskoda o‘tkazilgan SID Display Week 2016 ko‘rgazmasi doirasida Tayvanning E Ink kompaniyasi birinchi elektron siyohlardagi elektroforetik Advanced Color ePaper (ACeP) rangli displeyini namoyish etdi.

Yangi texnologiya maxsus rangli filtrlardan foydalanishni talab etmaydi - har bir alohida piksel sakkizta asosiy ranglardan iborat va butun boshli panel eng kam energiyadan foydalangan holda bir vaqtning o‘zida 32 000 xil soya bilan rangli suratlarni aks ettirishga qodir. E Ink’ning avvalgi rangli displeyi Triton faqatgina 4 000 soyalarni ko‘rsatar edi. Biroq ACeP’da kamchilik ham bor, ayni damda panel animatsiya va videoroliklarni ko‘rsata olmaydi. Suratlarning almashinishiga esa 2 soniya vaqt ketadi, bu esa yetarlicha uzoq fursatdir. Kompaniya ko‘rgazmada 150 ppi darajasidagi 20 dyuymli 1600x2500 nuqta va piksel zichligiga ega ACeP displeyini namoyish etdi.  Uni raqamli informatsion va reklama belgisi sifatida ishlatish mumkin. Riderlar yangi texnologiya suratlarni yangilash tezligini yaxshilamaguniga qadar undan foydalanib ko‘rishni rejalashtirmagan. Ma'lum bo‘lishicha, ACeP asosidagi displey yaqin yillar ichida tijorat maqsadlarida foydalanishga topshiriladi. Yangi texnologiyaga asoslangan mahsulot narxi haqida hozircha aniq ma'lumot yo‘q.

Top