15:24 / 26.05.2016
6565

«Real»ning sobiq futbolchisi  «Barselona»ga o‘z xizmatlarini taklif qildi

Ayni vaqtda «Napoli» futbolchisi hisoblanadigan Xose Kalexonning agenti Manuel Garsiya Kilon «Barselona»ga o‘z mijozini transfer qilish taklifi bilan murojaat qildi. Bu haqda Ispaniyadagi Sport nashri xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq Kilon neapolliklar jamoasi darvozaboni Pepe Reynani kataloniyaliklar jamoasiga taklif qilgandi. Ammo bu taklif rad etilgan, kataloniyaliklarning murabbiylar shtabi Klaudio Bravo va Marka-Andre ter Shtegendan qaysi birini asosiy tarkibda o‘ynatish muammosiga duch kelgani holda yana bir darvozabonga ehtiyoj yo‘qligi bildirilgandi.

Qayd etilishicha, «Barselona» avvalroq Kalexonni sotib olishi ham mumkin bo‘lgandi, ammo jamoa bu futbolchi uchun 18 mln yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashga rozi bo‘lmagan. Futbolchining neapolitanliklar klubi bilan shartnomasida esa uning qo‘yib yuborilishi uchun 30 mln yevro talab etilishi ko‘rsatilgan. 

Kalexon Madridning «Real» klubi foydalanuvchisi hisoblanadi va u 2008-2011 yillarni «Espanol» safida o‘tkazgan, keyin 2 mavsum madridliklar jamoasida o‘ynagan va 2013 yilning yozida 10 miln yevro evaziga «Napoli» safiga o‘tib, 4 yillik shartnoma tuzgandi.

U joriy mavsumda A Seriyaning 38 uchrashuvida 7 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.

Top