20:18 / 26.05.2016
7329

Ronaldu: «YeChLdagi g‘alaba «Barselona»ning «Oltin dubli»dan a'loroq» 

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar ligasi finali arafasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«YeChL finalidagi g‘alaba «Barselona»ning «Oltin dubl»idan yaxshiroq. Bu turnirda g‘olib bo‘lish - orzu.

«Oltin butsa»? Albatta, men bu sovringa ega bo‘la olmaganimdan ranjidim, axir men juda yaqin kelgandim. Luis Suares bu sovringa haqli ravishda erishdi, u ajoyib mavsum o‘tkazdi.

O‘g‘lim «Barselona»ga muxlislik qila boshlasa bunga qanday munosabatda bo‘lamanmi? Bunday bo‘lmasligiga aminman, chunki unda mening qonim oqmoqda.

Modomiki shunday bo‘lsa, men buni qabul qilaman. Men uni «Kamp Nou»ga o‘yinlarni tomosha qilish uchun olib bormayman, lekin u o‘zi borsa buning uchun jazolamayman, axir u mening o‘g‘lim», – deydi Ronaldu.

Top