09:51 / 27.05.2016
3039

Ayollar futboli bo‘yicha YeChL finalida "Lion" "Volsfburg"ni yengdi

Ayollar futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi finalida Fransiyaning "Lion" jamoasi Germaniyaning "Volfsburg" jamoasiga qarshi o‘ynadi.

Italiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. "Lion" vakili Ada Xegerberg 12-daqiqada hisobni ochgan, 88-daqiqada "Volfsburg" jamoasi hujumchisi Aleksandra Popp javob golini yo‘llagan. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida fransiyaliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.

Shu tariqa, "Lion" ayollar o‘rtasidagi YeChLda uchinchi marta g‘olib bo‘ldi. Bu jamoa 2011 va 2012 yillarda ham turnir chempioniga aylangandi.

Top