15:09 / 28.05.2016
7374

“Real” va “Atletiko” o‘rtasidagi o‘yin shiddatli kechishi taxmin etilmoqda

Ispaniyaning ikkita grand jamoasi “Real” va “Atlitiko” jamoalari Milan shahrida Chempionlar Ligasi finalida o‘zaro kuch sinashadi. “Real” bu safar 11-marotaba, “Atletiko” esa ilk marotaba kubokni qo‘lga kiritishi mumkin.

Ikkinchi yildirki ispan jamoalari Chempionlar Ligasi bahsining finaliga yetib kelishmoqda. O‘tgan yili bu natijaga “Barselona” erishgan. “Real” ham Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lib, ikki yil muqaddam musobaqa finalida u “Atletiko” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugun 28 mayda Milanda Chempionlar Ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni UzReport telekanali orqali soat 23:30 da, shuningdek, Rossiyaning “Match TV”, “Futbol 2”, orqali ham tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Top