17:02 / 28.05.2016
6263

ZTE kompaniyasining yangi VR-quloqchinlarga ega musiqali flagmani

Bu hafta ZTE kompaniyasi o‘zining yangi smartfoni bilan xushnud etdi. BMW avtomobil ishlab chiqaruvchining sho‘'ba kompaniyasi bo‘lmish jahonga mashhur Designworks studiyasi yangi ZTE Axon 7 dizayni ustida ishladi. Biroq apparatda katta bir o‘zgarishlar kuzatilmaydi. U ham boshqalar kabi silliq burchakli metall korpusga ega. Yangi qurilma o‘zida quyidagi e'tiborli xususiyatlarni jamlagan: kuchli old dinamika, Google’ning Daydream virtual reallik platformasi va Force Touch bosish kuchini his eta oluvchi texnologiya.

ZTE Axon 7 flagmanida 5.5 dyuymli 2560x1440 piksel va himoyalangan 2.5D Gorilla Glass 4 oynasiga ega AMOLED-displeyi o‘rnatilgan. Ichki qismida Qualcomm Snapdragon 820 flagman protsessori, 4/6 GB operativ va 64/128 GB flesh karta, 128 GB  hajmgacha bo‘lgan microSD kartasi va DAC AKM 4961,  4490 uchun teshik mavjud. Apple 3D Touch anologik funksiyasi sababli qurilma ekrani bosish kuchini his etadi.  

Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan f/1.8 diafragmaga ega 20 megapikselli asosiy kamerada suratlarni optik muqobillashtirish tizimi, bosqichli avtofokus va 30 k/s tezlikda 4K video tasvirlarni suratga olish imkoniyati bor. Orqa tomonda barmoqlar izi skaneri joylashagan. Old qismda esa – ikkita kuchli stereodinamika. 

Smartfonda quyidagilar mavjud: LTE, 4.2 Bluetooth, (802.11b/g/n) Wi-Fi, GPS, NFC va USB Type-C porti. 3140 mAch sig‘imli akkumulyator qurilmani tez zaryadlay oladi. Ma'lum bo‘lishicha, smartfon 30 daqiqa ichida 50 foizgacha, 100 daqiqada esa 100 foiz quvvat olishi mumkin. Flagman Android 6.0.1 Marshmallow  OT ostida ishlaydi. Uning o‘lchamlari 151.8×75×8.7 mm, og‘irligi esa 185 grammni tashkil etadi. Korpus ranglari — tilla va kulrang. Avvaliga ZTE Axon 7 smartfoni Xitoy bozorlariga chiqadi, keyinroq Yevropa va AQShda sotila boshlaydi. Uning narxi 450 dollar (4/64 GB xotira bilan) va 639 dollarga (6/128 GB xotira bilan) teng. 6 Gbaytli operativ xotiraga ega smartfon narxi esa 639 dollar. 

ZTE Axon 7 flagmanidan tashqari kompaniya ular bilan birgalikda ishlatiluvchi Samsung Gear VR analogi bo‘lgan virtual reallik shlemini taqdim etdi. Qurilma Google korporatsiyasi taqdim etgan Daydream yangi platformasini to‘liq ko‘tara oladi. Quloqchinda inson bosh harakatlarini kuzatuvchi ilg‘or giroskop mavjud. Gadjyet 2K (WQHD) imkoniyatli AMOLED displeyi, ichki dinamika, Dolby Atmos ovoz texnologiyali Hi-Fi tizimiga ega.  Ko‘rish nuqtasi 96 darajani tashkil etadi.  ZTE VR o‘lchami 185.3x85.3x76.7 mm bo‘lib, uning smartfonsiz og‘irligi - 255 gr. Sotuvga chiqarilish sanasi va narxi haqida hozircha aniq ma'luot yo‘q.  
 

 

Top