00:17 / 30.05.2016
4322

Germaniya o‘z maydonida o‘rtoqlik uchrashuvida Slovakiyaga mag‘lub bo‘ldi

Slovakiya o‘rtoqlik uchrashuvida Germaniyani  mag‘lub etdi. Augsburgda o‘tgan uchrashuv 1:3 hisobida yakunlandi.

Germaniya vakili Mario Gomesning goliga Marek Gamshik, Yuray Kutski va Mixal Dyurish aniq zarbalar bilan javob berishdi.

Slovakiya termasi Yevro-2016 musobaqasining guruh bosqichida Rossiya bilan birga o‘ynaydi. Shu sababli uchrashuvga Rossiya termasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy tashrif buyurdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
Germaniya — Slovakiya — 1:3
Gollar:
Gomes, 13 (1:0, pen.); Gamshik, 41 (1:1); Dyurish, 44 (1:2); Kutska, 52 (1:3).

Top