18:23 / 30.05.2016
4207

Jolla o‘zining ikkinchi smartfonini taqdim etdi

Nokia sobiq xodimlari tomonidan Finlyandiyada asos solingan Jolla kompaniyasi o‘zining Sailfish mobil operatsion tizimi bazasidagi ikkinchi smartfoni - Jolla C'ni ishlab chiqardi. Bu haqida ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida ma'lum qilingan. 

Qurilmani ishlab chiqarish Device Sailfish Community dasturining bir qismi bo‘lib, u Jolla'ning ishlab chiqaruvchilari va muxlislariga mo‘ljallangan. Undagi ishtirok kompaniya vebinarlari va tadbirlariga kirish imkonini beradi. 

Jolla C yangi Sailfish operatsion tizimida ishlaydi. Qurilma 1,3 GGts takt chastotali Qualcomm Snapdragon 212 to‘rt yadroli protsessoriga ega bo‘ldi. Smartfon operativ xotirasining hajmi - 2 GB, biriktirilgan xotira hajmi esa - 16 GB, uni microSD kartasi yordamida kattalashtirish mumkin. 

Smartfon asosiy kamerasi imkoni 8 Mp, frontal kamerasiniki esa 2 Mp'ga ega. Qurilma ekrani diagonali - 5 dyuym. Jolla C SIM-karta uchun ikkita slot bilan jihozlangan. 

Gadjyet narxi barcha soliqlarni hisobga olgan holda 169 yevroni tashkil qiladi. Yangi qurilma anonas qilingan kun Finlyandiyada Jolla'ning minglab nusxalari sotildi. Xaridorlar o‘z smartfonlarini iyul oyida olishi kutilmoqda.

Top