18:06 / 30.05.2016
3446

Microsoft foydalanuvchilarni Windows uchun yangi tovlamachi ilova haqida ogohlantirdi

Microsoft kompaniyasi ZCryptor - yangi tovlamachi ilova paydo bo‘lgani to‘g‘risida ogohlantirdi. Xavfni MalwareForMe blogi muallifi fosh qildi. 

Tadqiqotchining ma'lum qilishicha, ZCryptor tovlamachi ilovasi Adobe Flash niqobi ostidagi soxta installyatorlar yordamida, shu bilan birga Office fayllaridagi makroslar orqali tarqatiladi. Tovlamachi kompyuterga tushganidan so‘ng u reyestrga kalit qo‘shadi va keyin ularning nomlarilarga .zcrypt kengaytmasini qo‘shib, fayllarni shifrlashni boshlaydi. Microsoft 88 turdagi faylning shifrlangani haqida xabar qildi.

Bundan tashqari, Microsoft vakillari tovlamachi uchun xos bo‘lmagan hamda avval uchramagan noodatiy harakatni qayd qilishmoqda. ZCryptor o‘zini yaqin maqsadlariga ko‘chma va tarmoq disklari orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan "chuvalchang" kabi tutmoqda. ZCryptor yaratuvchilari tovlamachining kodini muntazam almashtirib, yangi imkoniyatlar qo‘shishmoqda.

Top