Fransiya politsiyasi «PSJ» futbolchisi Serj Oreni hibsga oldi.
23 yoshli ivuarlik futbolchi dushanba kuni tongida, soat 6da tungi klubdan chiqishi vaqtida ko‘chadagi patrulni haqorat qilgani uchun qo‘lga olingan.
Huquq-tartibot organlari xodimlaridan biriga zarba bergan Ore 8-okrugdagi politsiya uchastkasiga keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» joriy mavsumning ikkinchi davrasida Oreni jamoa bosh murabbiyi Loran Blan hamda hujumchi Zlatan Ibrahimovichni Periscope efirida haqorat qilgani uchun tarkibdan chetlatilgandi.