18:36 / 31.05.2016
7451

BMW «sakkizlik seriya»sining yangi avlodini ishlab chiqarmoqchi

Germaniyaning BMW kompaniyasi 8-Series modellarini qayta ishlab chiqaradi. U, hashamatli gran-turizmo sifatida barpo etilib, Mercedes-Benz S-Class kupesiga raqobatchi bo‘lishi kerak, deb xabar qilmoqda Auto Express.

Hozircha, avtomobilsozlik kompaniyasi, bo‘lg‘usi mashinalar oilasiga tegishli bir necha savdo markalari, xususan 825, 830, 835, 850, 845, 860, M850 va M8larni ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Auto Expressning Bavariya kompaniyasidagi o‘z manbasiga ko‘ra, bu qadam, ushbu modellar nomini faqat o‘ziniki qilib olish niyatida amalga oshirilmagan, balki ular haqiqatda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan modellarga tegishlidir. 

Birmuncha avvalroq, yangi «sakkizlik», BMWning Pininfarina bilan hamorlikda ishlab chiqqan Gran Lusso kontsept-kari uslubiga o‘xshash bo‘lishi aytilgandi.  7-Series negizida ishlab chiqilgan kupe 544 ot kuchiga ega, V12 dvigateli bilan jihozlanib, u sakkiz bosqichli «avtomat» uzatmalar qutisi bilan uyg‘unlikda ishlaydi.

Top