17:59 / 31.05.2016
6878

Yoshlarbop yangi Nokia Lumia XI smartfoni

So‘nggi yillarda smartfonlarning dizayni bir-biriga juda o‘xshab ketadi. Jahonga mashhur kompaniyalar o‘ziga xos ko‘rinishga ega flagman modellarini yaratishga urunayotgan bo‘lsa-da, baribir ularga yorqin ranglar yetishmaydi. Irlandiyalik dizayner Darra Xyuz (Darragh Hughes) bu kamchilikni to‘ldirishni maqsad qildi. 
Yangi taqdim etilgan Nokia Lumia XI suratlariga qaraganda, hajmi  iPhone 4, platformasi esa Windows Phone’ga o‘xshashib ketsa-da, qurilma yorqin va «yoshlarbop» ko‘rinadi. Afsuski, muallif mazkur yangi apparat xususiyatlari haqida oshkor etishni istamagan. Biroq ma'lum bo‘lishicha, u sportchi va ishilarmon insonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, yer va suvga tushib ketishdan himoyalangan.

Top