08:25 / 31.05.2016
4848

OAV Shimoliy Koreyaning muvaffaqiyatsiz yakunlangan raketa uchirishi haqida ma'lum qildi

Shimoliy Koreya harbiylari tomonidan navbatdagi raketaning uchirilishi, ko‘rinishicha, barbod bo‘lgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Renxap" axborot agentligi ma'lum qildi.   

Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, noma'lum raketa Shimoliy Koreyaning shimolidagi Vonsan port shahri yaqinidagi nuqtadan uchirilgan. Seulda ushbu ma'lumot o‘rganilmoqda, shu bilan bir vaqtda yuqori jangovor tayyorgarlik tartibi kiritilgan.

Manbalarning taxminicha, Pxenyan "Musudan" sinfidagi o‘rta masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketani uchirmoqchi bo‘lgan. Aprelda o‘tkazilgan avvalgi uchta urinish ham muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.

Top