12:49 / 01.06.2016
12641

1 iyun: tarix sahnasida...

1 iyun—Joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 152, yoz faslining birinchi kuni. Bugun—Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 

Voqealar:
1995 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasining “DeU” kompaniyalar guruhi raisi Kim U Jung boshchiligidagi guruh a'zolarini qabul qildi. 
1831 yil. Ingliz tadqiqotchisi Jyeyms Ross shimoliy magnit Qutbni ochdi.

1869 yil. Tomas Alva Edison birinchi ovozli elektr registrator ixtirosi uchun patent oldi.

1925 yil. “Kraysler” avtomobil kompaniyasi tashkil topdi. 

1965 yil. Mixail Sholoxov adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

1980 yil. Birinchi uzluksiz informatsion kanal—CNN ish boshladi.

BUGUNGI SANADA TUG‘ILGANLAR:

1771 yil—Italyan kompozitori Ferdinando Paer,
1796 yil—Termodinamika asoschisi, fransuz fizigi Sadi Karno,
1926 yil—Amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi va model  Merilin Monro (asl ismi Norma Jin Mortenson), 
1929 yil. Taniqli hind aktrisasi Nargis,
1937 yil. Gollivud kinoyulduzi Morgan Frimen, 
1982 yil. Belgiyalik mashhur raketka ustasi Jyustin Enen Erden.

Top