11:21 / 01.06.2016
2653

Airbus kompaniyasi katapulta qilinuvchi "qora quti"lardan foydalanishni taklif etmoqda

EgyptAir aviakompaniyasi samolyotining halokatidan so‘ng, Yevropa aviasozlik konserni samolyotlarda katapulta qilinuvchi "qora qutilar" o‘rnatish tashabbusini ilgari surmoqda, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi Airbus bosh muhandisiga tayangan holda.

"Agar bizda baxtsiz hodisalar vaqtida katapulta qilinadigan o‘ziyozar qurilmalar bo‘lsa, uni topish osonroq bo‘lardi", —deb bayonot bergan Airbus kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Charlz Chempion (Charles Champion), kompaniya buning ustida ish olib borayotganini qo‘shimcha qilar ekan. 

Agentlikning qayd etishicha, bunday o‘ziyozar qurilmalari samolyot halokati vaqtida uning dum qismidan ajralib, suv yuzasida halokat signalini berib turishi, uni topishda qo‘l keladi. 

EgyptAirga qarashli A320 yo‘lovchi samolyoti Parijdan Qohiraga parvozni amalga oshirayotgan vaqtda, 19 may kuni ertalab O‘rta yer dingizi osmonida radarlardan yo‘qolib qolgan edi. Uning bortida 66 kishi bo‘lgan. Havo laynerining parchalari Iskandariya shahridan  290 km shimolda topilgandi. 

A320ning qora qutilari esa, dengiz tubida yotibdi. U, 30 kungacha signal berib tura oladi. Ayni vaqtda, u dengizdan olib chiqish uchun Fransiya harbiy dengiz kuchlarining Laplace kemasi hududga yetib kelgan.

Top