08:51 / 01.06.2016
10245

Belgiya terma jamoasining Yevro-2016 uchun yakuniy tarkibi e'lon qilindi

Belgiya futbol federatsiyasi Yevro-2016 turniriga olib boriladigan futbolchilar ro‘yxatini ma'lum qildi.

Nikolas Lomberts («Zenit») va Dedrik Boyyata («Seltik») jarohat tufayli turnirni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Yana bir futbolchi Born Engels («Bryugge») murabbiy tomonidan yakuniy tarkibga kiritilmadi. Jarohat olgan futbolchilar o‘rni Kristian Kabasele («Genk») va Loran Siman («Monreal Impekt») bilan to‘ldirilgan.

Belgiya terma jamoasi 10 iyun kuni start oladigan turnirda Italiya, Shvetsiya va Irlandiya terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Darvozabonlar: Tibo Kurtua («Chelsi»), Simon Minole («Liverpul»), Jan-Fransua Jiye («Mexelen»).

Himoyachilar: Tobi Alderveyreld, Yan Vertongen (ikkisi – «Tottenhem»), Jyezon Denayyer («Galatasaroy»), Kristian Kabasele («Genk»), Jordan Lukaku («Ostende»), Tomas Mene («Bryugge»), Tomas Vermalen («Barselona»), Loran Siman («Monreal Impekt»).

Yarim himoyachilar: Aksel Vittsel («Zenit»), Maruan Fellayni («Manchester Yunayted»), Mussa Dembele («Tottenhem»), Raja Naynggolan («Roma»).

Hujumchilar: Eden Azar («Chelsi»), Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»), Dris Mertens («Napoli»), Yannik Ferreyra Karrasko («Atletiko»), Romelu Lukaku («Everton»), Mishi Batshuayi («Marsel»), Kristian Benteke, Divok Oriji (ikkisi – «Liverpul»).

Top