08:32 / 01.06.2016
10767

Fransiya terma jamoasining Yevro-2016 uchun yakuniy tarkibi e'lon qilindi

Yevro-2016 mezboni Fransiya terma jamoasining turnir uchun yakuniy tarkibi ma'lum qilindi.

Yevropa chempionatini jarohat tufayli Jyeremi Mate («Barselona») va Rafael Varan («Real») o‘tkazib yuboradi. Ularning o‘rni Samyuel Umtiti («Lion») va Odil Rami («Sevilya») bilan to‘ldirilgan.

Qolgan vaqt davomida jarohat olganlar o‘rniga ham kengaytirilgan tarkibdagi futbolchilar jalb etiladi.

Deshamning turnir uchun tuzgan tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar: Ugo Loris («Tottenhem»), Stiv Mandanda («Marsel»), Benua Kostil («Renn»).

Himoyachilar: Lyuk Din («Roma»), Patris Evra («Yuventus»), Loran Koselni («Arsenal»), Kristof Jalle, Samyuel Umtiti (ikkisi – «Lion»), Odil Rami («Sevilya»), Bakari Sanya, Eliakim Mangalya (ikkisi – «Manchester Siti»).

Yarim himoyachilar: Yoan Kabay («Kristal Pelas»), Lassana Diarra («Marsel»), Blez Matyuidi («PSJ»), Pol Pogba («Yuventus»), Ngolo Kante («Lester»), Mussa Sissoko («Nyukasl»).

Hujumchilar: Andre-Per Jinyak («Tigres»), Dimitri Payye («Vest Hem»), Olive Jiru («Arsenal»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Kingsli Koman («Bavariya»), Antoni Marsiyal («Manchester Yunayted»).

Yevro-2016 guruh bosqichida Fransiya milliy terma jamoasi Ruminiya, Albaniya va Shveytsariyaga qarshi o‘ynaydi.

Top