08:34 / 01.06.2016
19492

SamDU nomidan Alisher Navoiy ism-sharifi olib tashlandi

Samarqand davlat universiteti nomlanishidan Alisher Navoiy nomi olib tashlandi. Endilikda SamDU "Samarqand davlat universiteti" deb nomlanadi, deb aytilmoqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 24 mayda qabul qilingan qarorida. Bu haqda lex.uz da ma'lum qilindi.   

Bunday qarorning qabul qilinishi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ochilishi bilan bog‘langan. Yangi oliy ta'lim muassasasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 13 maydagi farmoni bilan tashkil etildi.

SamDU tarixi 1927 yildan boshlanadi. O‘shanda Samarqandda O‘zbek pedagogik instituti ochilgan. 1930 yilda ta'lim dargohi O‘zbek davlat pedagogika akademiyasiga qayta nomlangan. 1933 yilda akademiya va O‘zbek davlat tibbiyot instituti negizida O‘zbek davlat universiteti tashkil etilgan. 

OTM ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbek davlat universiteti 1941-1944 yillarda Toshkent davlat universiteti bilan vaqtinchalik birlashtirilgan. 1944 yildan universitet o‘z faoliyatini yana Samarqandda davom ettirgan. 1960 yilda O‘zbek davlat universiteti Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetiga qayta o‘zgartirilgan.

Top