14:41 / 02.06.2016
3354

Mask: SpaceX yaqin 9 yilda insonlarni Marsga yetkazishi mumkin

O‘zining g‘aroyib biznes rejalarini amalga oshira olgan Ilon Mask (Elon Musk)ning ishonishicha, SpaceX yana 9 yildan so‘ng, insonlarni Mars sayyorasiga qo‘ndira olishi kerak. U, Mars sayyorasiga sayohat uyushtirish rejalari bilan Kod konferensiyasi (Code Conference)dagi chiqishida o‘rtoqlashgan. 

"Agar hammasi rejadagidek davom etsa, biz insonlarni 2024 yilda uchirib, 2025 yilda qaytib kelishlarini amalga oshira olamiz", -degan Mask anjumanda. 

Uning aytishicha, Mask sentabr oyidagi konferensiyada Marsni koloniyalashtirish rejasini ham oshkor qiladi. 

SpaceX kompaniyasining ijrochi direktori bo‘lgan Ilon Mask bir paytlar, u "Marsda o‘lishga tayyor ekanini" aytgan edi.

1 iyun kungi anjumanda, Ilon mazkur fikriga oydinlik kiritib, "marslik sifatida o‘lishni" orzu qilmasligini aytar ekan, "o‘lim uchun joy qidirayotgan kishi uchun Mars unchalik ham nomaqbul joy emas", -degan fikrni ham bildirgan. 

Mask 2014 yildan beri insonlarning Marsga sayohatini amalga oshirish rejalarini tuzar ekan, kelasi o‘n yillik o‘rtalarini, rejasini hayotga tatbiq etish vaqti sifatida taxmin qilib kelmoqda.

Top