21:10 / 03.06.2016
3546

Andijonda 861 rais va ularning 8 ming 956 maslahatchisi saylandi

Andijon viloyatining Andijon tumanidagi "Teraktagi" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan saylovda raislikka ko‘rsatilgan uch nomzod orasidan amaldagi rais Qobiljon Fozilov ochiq ovoz berish yo‘li bilan qayta saylandi. 22 nafar mahalla faollaridan 11 nafari maslahatchi vazifasiga loyiq, deb topildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, viloyatda hozirgacha 861 rais va ularning 8 ming 956 maslahatchisi saylangan. Raislikka nomzodlarning 532 tasi ilk bor, 329 tasi qayta saylangan. Ulardan 140 tasi  ayollardir.

Top