16:06 / 03.06.2016
3692

Bokudagi Formula-1 trassasidan birinchi onbord namoyish etildi

YouTube kanalida kutilayotgan Formula-1 Yevropa gran-prisining birinchi obnordi namoyish qilindi. Euroformula Open chempionatida ishtirok etuvchi 19 yoshli ozarbayjonlik haydovchi Gulhusayn Abdullayev GP3 seriyali avtomobilda bir aylanani bosib o‘tganiga doir birinchi onbord namoyish etildi.

Shahar trassasining uzunligi olti kilometrga teng, poygachilar 20ta burilishni bosib o‘tishlari kerak bo‘ladi. Bu Belgiya Gran-prisidan keyingi eng uzun trek hamda Formula-1 poygasining eng uzun trassasi hisoblanadi. 

Formula-1 ning eng yaqin bosqichi - Kanada Gran-prisi - 10 iyundan 12 iyunga qadar Kanadada bo‘lib o‘tadi. Yevropa Gran-prisi esa 17 - 19 iyun kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Top