23:06 / 03.06.2016
5236

Giggz «MYu»da o‘zini van Gaalning o‘rniga tayinlashmaganidan norozi bo‘lmoqda

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Lui van Gaalga yordamchilik qilgan Rayan Giggz ham jamoani tark etmoqchi.

Sky Sports nashri ma'lumotiga ko‘ra, uelslik sobiq futbolchi o‘zini boshqa jamoada bosh murabbiy sifatida sinab ko‘rmoqchi.

Giggz o‘z vakolatlari kamayadigan Joze Mourino shtabida ishlashni istamagan.

Bundan tashqari, Giggz klub uni van Gaal o‘rniga bosh murabbiy sifatida tayinlamaganidan norozi bo‘lgan.

Top