07:23 / 05.06.2016
3763

Amerika Kubogi: Peru birinchi turda Gaitini mag‘lub etdi, Kosta-Rika Paragvay bilan durang o‘ynadi

AQShda Amerika Kubogi turnirining ikkinchi kuni boshlandi. Bugun V guruhi vakili Peru Gaitiga qarshi uchrashuv o‘tkazdi va kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. O‘yinning 61-daqiqasida peruliklarning tajribali hujumchisi Xose Paolo Gerrero o‘yindagi yagona golga mualliflik qildi.

V guruhidagi ikkinchi uchrashuv Braziliya va Ekvador o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. Peru keyingi uchrashuvni 9 iyun kuni Ekvadorga qarshi o‘tkazadi, Gaiti shu kuni Braziliya bilan o‘ynaydi. Guruhning so‘nggi uchrashuvlari 13 iyunga belgilangan.

Amerika Kubogi. B guruhi. 1-tur
Gaiti – Peru – 0:1
Gol: 0:1 – 61 Gerrero.
Gaiti – Plasid, Goro, Jyenevua, Jyerom, Jaggi, Marslen, Lafrans, Iler (Aleksandr, 40), Lui, Nazon (Belfor, 71), Gere.
Peru –    Galese, Revoredo, Ramos, Rodriges, Trauko, Tapiya, Vilches, Oberg (Polo, 83), Kueva (Yotun, 75), Flores (da Silva, 90), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Rodriges (28), Aleksandr (50), Gerrero (69), Marslen (74), Yotun (84).

A guruhidagi Kosta-Rika va Paragvay jamoalari uchrashuvida esa hisob ochilmadi. Bu guruhning birinchi uchrashuvida Kolumbiya turnir mezboni AQShni 2:0 hisobida yenggandi.

Kosta-Rika – Paragvay 0:0
Kosta-Rika – Pemberton, Gamboa, Uoston, Akosta, Duarte, Matarrita, Kempbell (Venegas, 67), Borxes, Texeda (Asofeyfa, 59), Ruis (Bolanos, 78), Urenya.
Paragvay – Vilyar, Valdes, Gomes, da Silva, Samudio, Ortis, Piris, Gonsales (Iturbe, 89), Romero (Benites, 70), Leskano, Benites (Valdes, 73).
Ogohlantirishlar: Texeda (1), Benites (13), Matarrita (49), Valdes (79), Gonsales (83).
Chetlatish: Uoston (90).

Top