07:03 / 05.06.2016
7942

OAV Ibrahimovichning "Manchester Yunayted"ga qo‘ygan talablaridan xabardor bo‘ldi

Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich yaqin orada Angliyaning "Manchester Yunayted" o‘yinchisiga aylanadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining agenti Mino Rayola mankunianliklar bilan shvedning maoshi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ibrahimovich haftasiga 220 ming funt sterling (320 ming dollar) maosh talab qilgan va klub bu shartga ko‘ngan.

Endi Ibrahimovichning yangi klubga o‘tish taqdiri futbolchining "MYu"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan suhbatiga bog‘liq bo‘ladi. Ma'lum qilinishicha, futbolchini zaxira o‘yinchisi roli qoniqtirmaydi va "Old Trafford"ga agar unga asosiy tarkibdan joy kafolatlansagina o‘tadi.

Ibrahimovichning oxirgi to‘p surgan klubi Parijning "PSJ" klubi bo‘ldi. U klubga 2012 yilda o‘tib, klub uchun 178 ta o‘yinda maydonga tushib, 152 ta to‘p muallifiga aylangan. Shvetsiyalik hujumchi jamoaning to‘plar soni bo‘yicha rekordchisiga aylandi.

Joriy mavsumda futbolchi 46 ta o‘yinda 48 ta gol kiritdi. "PSJ" esa 13 martdayoq muddatidan avval Fransiya chempioni bo‘ldi, 24 aprelda fransuz ligasi kubogini, 21 mayda esa Fransiya kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Top