10:27 / 09.06.2016
6533

Terakt xavfi tufayli O‘zbekistonda to‘xtab o‘tgan EgyptAir samolyoti Pekinga qo‘ndi

EgyptAir aviakompaniyasining Qohiradan Pekinga reysni amalga oshirayotgan samolyoti bortda bomba borligi haqidagi yolg‘on ma'lumotdan keyin O‘zbekistondagi Urganch aeroportida to‘xtab o‘tgach, parvozni davom ettirib, Xitoy poytaxtiga yetib borgan.

Samolyot bortidagi 118 yo‘lovchi va ekipajning 17 a'zosi manzilga jabrlanishlarsiz yetib borgani xabar qilingan.

O‘zbekiston poytaxtidan Urganchga 7:50 va 13:00 da parvozlarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning HY1051 va HY1051 reyslari samolyotlari mos ravishda 13:15 va 13:20 da parvoz qildi.

Qayd etish kerakki, keyingi vaqtlarda EgyptAir aviakompaniyasi samolyotlari bilan bog‘liq favqulodda hodisalar ko‘p yuz bermoqda. Urganchdagi voqea to‘rtinchisi bo‘ldi. May oyida Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirib uchgan samolyot O‘rta Yer dengiziga quladi. Uning bortidagi 66 kishi halok bo‘ldi. Katta ehtimol bilan bu terakt tufayli yuz bergan. Tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Undan oldinroq aviakompaniyaning samolyoti yo‘lovchilardan biri tomonidan garovga olinib, Kiprga olib ketilgandi.

Top