14:16 / 10.06.2016
8326

Agro Invest Sug‘urta AJ litsenziyasi bekor qilindi

Agro Invest Sug‘urta aksionerlik jamiyatining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqida sug‘urta kompaniyasi ma'lum qildi. 

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, sug‘urtachining litsenziyasi 2016 yil 24 maydagi sud qaroriga muvofiq qaytib olindi. Kompaniya litsenziyaning qaytib olinish sabablarini ko‘rsatmadi.

2016 yilning aprel oyida O‘zbekiston Moliya vazirligi Agro Invest Sug‘urta AJ litsenziyasini 10 kun muddatga to‘xtatib qo‘ygan edi. 

Agro Invest Sug‘urta AJ 2014 yilning 21 oktabrida litsenziya olgan. Mazkur litsenziya kompaniyaga umumiy sug‘urtaning 17 tasnifi bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini tuzish imkonini berar edi. 

Agro Invest Sug‘urta kompaniyasi O‘zbekistonning sug‘urta bozorida 2008 yildan beri faoliyat yuritadi va yuridik hamda jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniyaning yirik aksioneri «Mikrokreditbank» hisoblanadi.

Top