10:02 / 10.06.2016
4989

AQShda Kremniy vodiysi asoschilaridan biri vafot etdi

Kremniy vodiysi asoschilaridan biri, Kaliforniya shtatining Belvedere shahridagi uyida vafot etdi.

Reyter agentligi xabarida aytilishicha, leiner Perkins Caufield and Bers firmasi asoschisi 84 yoshda edi.

O‘tgan asrning 60-yillarida Perkins lazerlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi University Laboratories kompaniyasini tashkil etgan edi. Shu bilan bir paytda u Hewlett Packard kompaniyasining tadqiqot bo‘limida faoliyat olib bordi. 1972 yilda Perkins Kremniy vodiysining eng mashhur va omadli venchur firmasiga aylangan Kleiner & Perkins kompaniyasining asoschilaridan biri bo‘ldi.

U, shuningdek, Tandem Computers, Compaq Computer va LSI Logic kabi kompaniyalarni moliyalashtirish va rivojlantirishda asosiy rol o‘ynagan. U ko‘plab kompaniyalar, jumladan, Hewlett Packard’ning direktorlar kengashi tarkibiga kirgan.

Top