10:16 / 11.06.2016
7084

Amerika Kubogi: Messi Panamaga qarshi o‘yinda zaxiradan tushib, 26 daqiqa ichida 3ta gol urdi

Amerika kubogida guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. D guruhida ishtirok etayotgan Argentina terma jamoasi Panamani yirik hisobda mag‘lub etdi va muddatidan avval chorak final yo‘llanmasini hal qildi.

O‘yin boshida Otamendi argentinaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bahsning 31-daqiqasiga kelib panamaliklar maydonda bir kishi bo‘lib qolishdi. Bungacha sariq kartochka olgan Godoy raqib futbolchisiga nisbatan ancha qo‘pol harakat qildi va qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

O‘yin tugashiga yarim soat qolganida Xerardo Martino jamoa yetakchisi Messini maydonga tushirdi. Leo yarim soat ichida "xet-trik"ni rasmiylashtirdi. U dastlabki va uchinchi gollarini Panama jarima maydonchasi ichida zarba berish orqali urgan bo‘lsa, ikkinchi to‘pni jarima zarbasidan chiroyli tarzda kiritdi.

Argentinaning beshinchi goli ham Messining uzatmasidan keyin raqib darvozasidan joy oldi: Roxo bosh bilan to‘pni Agueroga qoldirdi, Serxio esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Argentina Kopa Amerikaning chorak finaliga muddatidan oldin chiqdi. Panama ikkinchi yo‘llanmasi uchun so‘nggi turda Chiliga qarshi bahs olib boradi.

Amerika kubogi, "D" guruhi, 2-tur
Argentina – Panama 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 7 Otamendi, 2:0 – 68 Messi, 3:0 – 78 Messi, 4:0 – 87 Messi, 5:0 – 90 Aguero. 
Argentina – Romero, Otamendi, Roxo, Merkado, Funes Mori, Fernandes (Messi, 61), Maskerano, Banega, Gaytan, Di Mariya (Lamela, 43), Iguain (Aguero, 76).
Panama – Penedo, Baloy, Miller, Machado, Enrikes, Gomes, Godoy, Kintero, Kuper (Arroyo, 76), Pimentel (Kamargo, 20), Peres (Texada, 75).
Ogohlantirishlar: Peres (6), Fernandes (15), Maskerano (17), Baloy (17), Godoy (22), Kuper (47), Gaytan (66), Enrikes (78).
Chetlatish: Godoy (31).

Top