19:00 / 11.06.2016
10314

So‘rovnoma: Yevropa chempionati o‘yinlarini qanday yo‘l bilan tomosha qilayapsiz?

Shu vaqtgacha har 4 yilda o‘tkaziladigan Yevropa chempionati uchrashuvlarini namoyish etib kelgan SportTV kanali 2016 yilgi chempionatdan translyatsiyalar uyushtirmadi. Buning o‘rniga UzReportTV kanali turnir o‘yinlarini namoyish etish huquqini sotib oldi.

UzReportTV telekanali 2015 yil 1 dekabrdan o‘z ko‘rsatuv va dasturlarini «Yamal 401» sun'iy yo‘ldoshi orqali uzatishni boshlagan. Lekin hozirgacha bu kanaldan O‘zbekistonning barcha nuqtalarida ham foydalanish imkoniyati to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan, kanaldan foydalanish uchun maxsus moslama kerak bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu kanalning translyatsiya huquqini sotib olishi o‘zbekistonliklarning turnir o‘yinlarini odatdagi kabi SportTV orqali kuzatish imkonidan mosuvo qilgani haqida munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Shu tufayli sayt muxlislarining fikrini bilishga qiziqdik.

(So‘rovnoma yuklanishini biroz kuting.)

Top