11:36 / 14.06.2016
4610

Amerika kubogi-2016. Urugvay g‘alaba bilan musobaqani tark etdi

Amerika kubogi musobaqasining guruh bosqichi nihoyalab bormoqda. S guruhining so‘nggi uchrashuvida Urugvay hamda Yamayka jamoalari kuch sinashdi. Uchrashuv urugvayliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.  

Hisob uchrashuvning 21-daqiqasida Abel Ernandes tomonidan ochildi. O‘yinning 66-daqiqasida yamaykalik futbolchi Ji-Von Uotson o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Oxirgi golni 88-daqiqada Matias Koruxo kiritdi.

Bu guruhda barcha masala muddatidan avval hal bo‘lgandi. Venesuela va Meksika terma jamoalari dastlabki 2ta turda g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini hal qilishgandi. Ularning o‘zaro o‘yinida durang qayd etilishi natijasida meksikaliklar 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishdi.

Urugvay va Yamayka uchun bu uchrashuvning musobaqaviy ahamiyati yo‘q edi – ular avvalgi ikki turda mag‘lubiyatga uchrab, pley-offga chiqish imkoniyati qo‘ldan boy berishgandi.

Amerika kubogi-2016, "S" guruhi, 3-tur
Meksika – Venesuela 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 10 Velaskes, 1:1 – 80 Korona. 
Meksika – Korona, Moreno, Reyyes, Torres (Layyun, 46), Guardado, Errera, Molina (Ernandes, 68), Losano, Akino (Korona, 18), Agilyar, Peralta.
Venesuela – Ernandes, Velaskes, Anxel, Felcher, Gonsales, Seyxas, Rinkon, Del Vale (Martines, 65), Gerra (Otero, 83), Santos (Rondon, 78), Penyaranda.
Ogohlantirishlar: Gonsales (3), Errera (45), Santos (52), Molina (59), Penyaranda (69).

Urugvay – Yamayka 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 21 Ernandes, 2:0 – 66, avtogol Uotson, 3:0 – 88 Koruxo. 
Urugvay – Muslera, Ximenes, Silva, Pereyra, Godin, Sanches (Vesino, 66), Arevalo, Gonsales (Koruxo, 81), Lodeyro, Ernandes (Ramires, 74), Kavani.
Yamayka – Bleyk, Teylor, Morgan, Mariappa, Xektor, Uilyamson (Ostin, 69), Uotson, Makkliri (Ordjill, 73), Makanuff (Binns, 80), Donaldson, Barns.
Ogohlantirishlar: Xektor (32), Ostin (84).

Manba: Tribuna.Uz

Top