15:54 / 14.06.2016
23105

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi sayti ishga tushdi

holiga tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha faoliyati haqida kengroq ma'lumot berish maqsadida www.migration.uz manzili bo‘yicha Agentlikning rasmiy sayti ishga tushirildi. 

Bundan tashqari Telegram messenjerida bot yaratildi, unga qidiruv satrida @migrationuzbot'ni terib a'zo bo‘lish mumkin.

Shuningdek, Telegram messenjerida agentlikning @migrationuz - yangiliklar kanali ham yo‘lga qo‘yildi.

"Hurmatli fuqarolar, qolgan barcha bot va yangiliklar kanallari, shu bilan birga guruhlar ham norasmiy ekanligiga diqqat qiling.

Bunday norasmiy manbalardan foydalanib, siz aldanib qolishingiz va tovlamachilar yoki odam savdosining qurboniga aylanishingiz mumkin. 

Ogoh bo‘ling, faqat rasmiy manbalardan ma'lumot oling", deyiladi Mehnat vazirligining axborot xizmati xabarida.

Top