13:56 / 15.06.2016
5316

APLning yangi mavsumi taqvimi: Ilk turda «Arsenal» va «Liverpul» to‘qnashuvi

Bugun, 15 iyun kuni Angliya premer-ligasining 2016/17 yilgi mavsumi uchun taqvim e'lon qilindi.

Yangi mavsum 13 avgust kuni start oladi va 2017 yilning 21 may kunigacha davom etadi.

Birinchi turning markaziy to‘qnashuvi Londonda, «Arsenal» va «Liverpul» o‘rtasida o‘tkaziladi. Shuningdek, 1-turdan «Chelsi» – «Vest Hem» o‘rtasidagi London derbisi joy olgan. O‘tgan mavsum chempioni «Lester» esa chempionlikni himoya qilishni «Xall»ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. 

1-turda yana quyidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Bornmut – Manchester Yunayted
Bernli – Suonsi
Kristal Pelas – Vest Bromvich
Everton – Tottenhem
Xall – Lester
Manchester Siti – Sanderlend
Midlsbro – Stok Siti
Sautgempton – Uotford

Top