12:09 / 15.06.2016
9641

“Urganch” xalqaro aeroporti “2015 yilda MDH davlatlari orasidagi eng yaxshi aeroport” yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi

«Aeroport» fuqarolik aviatsiyasi assotsiatsiyasi tashkil qilgan tanlovda “Urganch” xalqaro aeroporti “MDH davlatlari orasida yilning eng yaxshi aeroporti” nufuzli tanlovida “2015 yilda MDH davlatlari orasidagi eng yaxshi aeroport” va “Sayyohlik sohasiga qo‘shgan katta hissasi” yo‘nalishlari g‘olibi bo‘ldi. 

14 iyun kuni aeroportda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.”Aeroport” Assotsiatsiyasi bosh direktori Viktor Gorbachyov g‘oliblarga faxriy yorliq va Assotsiatsiya Kubogini tantanali ravishda topshirdi.

Ta'kidlanishicha, ushbu tanlovda O‘zbekiston havo bandargohlari ko‘p bora qatnashib, g‘olib bo‘lishga ulgurgan. Chunonchi, «Buxoro» xalqaro aeroporti sakkiz marta, «Samarqand» — o‘n bir marta, «Urganch» — uch marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Top