17:33 / 16.06.2016
7971

17 iyun ob-havo ma'lumoti

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 iyun kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. Kechasi 18-20, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 19-24, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Kechasi 20-25, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.   

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Kechasi 18-23,  kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘ladi.

Top