21:54 / 16.06.2016
4292

«Atletiko» Gaytanning transferini e'lon qildi

«Benfika» jamoasi yarimhimoyachisi Nikolas Gaytan Madridning «Atletiko» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoa saytiga asoslanib, Tribuna.uz caytida ma'lum qilingan.

Xabarda transfer qiymati aniq keltirilmagan.

Bundan oldinroq madridliklar klubi ushbu 28 yoshli argentinalik xavbek uchun 25 mln yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi.

Yakunlangan mavsumda Gaytan  «Benfika» uchun 33 uchrashuv o‘tkazgan va 10 gol urib, 19 marta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

6 mavsumdan buyon Portugaliyada o‘ynab kelayotgan futbolchi jamoa bilan 10ta sovrin yutgandi.

Top