14:38 / 16.06.2016
5653

«Borussiya» «Real» va «Barselona» olmoqchi bo‘lgan yosh futbolchini o‘ziniki qildi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi Fransiya oliy divizioni ishtirokchisi bo‘lgan «Loryan» jamoasidan portugaliyalik himoyachi Rafael Gerreyruni sotib oldi. Bu haqda Tribuna.UZ xabar qilgan.

22 yoshli butbolchi bilan 2020 yilning yoziga qadar shartnoma imzolangan. U 15 iyun kuni Parij shahrida «Borussiya» tibbiy ko‘rigidan o‘tgan.

«Gerreyru – individual mahoratga ega, turli pozitsiyalarda harakatlana oluvchi futbolchi. Biz Rafael «Borussiya»ni tanlab to‘g‘ri ish qildi deb bilamiz», – degan jamoa sport direktori Mixael Tsork.

Shartnomaning moliyaviy jihatlari ma'lum qilinmagan. Bundan oldingi xabarlarda uning transferi uchun dortmundliklar 12 mln yevro sarflashi aytilgandi.

Futbolchiga «Real», «Barselona», «Liverpul», «Monako» va «Arsenal» jamoalaridan ham qiziqishlar bildirilgandi.

Gerreyru Fransiya chempionatining yakunlangan mavsumida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol urgan hamda 2 golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, o‘tgan mavsum yakuniga 1 oy bo‘lmasidanoq «Borussiya» 6 futbolchi xarid qilishga ulgurdi:

Manba: Tribuna.UZ 

Top