05:10 / 16.06.2016
6594

Yevro-2016: Fransiya Albaniyani yengib, muddatidan avval guruh masalasini hal qildi

Yevro-2016 musobaqasi A guruhi uchrashuvlarining 2-turida mezbon Fransiya Albaniya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Fransiyaliklar uchrashuvning 90-daqiqasida Antuan Grizmanning goli evaziga hisobni ochishdi. Hakam qo‘shib bergan 96-daqiqada esa o‘tgan turdagi Fransiyaning eng yaxshi o‘yinchisi Dimitri Payye gol urib, o‘z hisobidagi gollarni 2ta yetkazib oldi.

Ushbu g‘alaba Dide Desham shogirdlarini muddatdan oldin 6 ochko bilan pley-offga chiqishi uchun imkon yaratdi.

Fransiya 3-turda 19 iyun kuni Shveytsariyaga qarshi maydonga tushadi.

Yevro-2016

Fransiya – Albaniya – 2:0

Gollar: Grizmann, 90 (1:0); Payye, 90+6 (2:0).

Ogohlantirishlar: Kante, 88 – Kukeli, 55; Abrashi, 81.

Top