21:44 / 16.06.2016
5657

OAV: EgyptAir aviakompaniyasining A320 samolyoti "qora qutisi" topildi

EgyptAir aviakompaniyasining O‘rta Yer dengizi ustida falokatga uchragan A320 samolyoti "qora quti"laridan biri topildi, deb xabar bermoqda "Al-Vatan" nashriga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.  

Misr fuqarolik aviatsiyasi vazirligidagi manba ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin soatlarda bu haqda rasman e'lon qilinadi.

Avvalroq Misr samolyotning "qora qutilarini" aniqlash uchun 3 ming metr chuqurlikda ishlay oladigan suv osti kemasini yuborgandi.

Parijdan Qohiraga MS804 reysi bilan parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyoti 19 may kuni O‘rta Yer dengizi ustida radarlardan yo‘qolib qolgan. Samolyot bortida 66 kishi bo‘lgan.

Top